“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan kommunal xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni ta’sis etildi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan kommunal xo‘jaligi xodimi” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi Qonun (O‘RQ-1178-son, 28.09.2026 y.) qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan kommunal xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, o‘z mehnati bilan yuksak kasbiy mahoratini namoyon etgan hamda aholiga xizmat ko‘rsatish ishini yaxshilashda alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlariga beriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zA