O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimiz geologiя sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, qazilma boyliklar geologiyasi, tadqiqot va qidiruv tarmog‘ini rivojlantirish, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mineral resurslarni aniqlash, yangi konlar va xomashyo zaxiralarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘zlashtirish borasidagi katta xizmatlari, yuksak malakali kadrlarni tayyorlash, ularning salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan
Muminov Tolibjon Xoliyorovich - «Navoiyuran» davlat korxonasining «Zirabuloq» geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi
Ergashev Elmurod Xasanovich - «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari – bosh geologi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Nuraliyev Raxmonali Azimovich - «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi burg‘ilash uchastkasi burg‘ilovchisi
Yallakabilov Gulom - «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasining Markaziy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi yetakchi gidrogeologi
«Do‘stlik» ordeni bilan
Bogdanov Aleksandr Nikolayevich - Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutining neft va gaz konlari geologiyasi hamda istiqbolli ob’ektlarni baholash laboratoriyasi boshlig‘i
Shukurov Nosir Egamovich - H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining geokimyo laboratoriyasi boshlig‘i
«Shuhrat» medali bilan
Aripov Shaxobiddin Paxritdinovich - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi eksperti
Jo‘rayev Sherali Izatilloyevich - «Navoiyuran» davlat korxonasining geologiya va qidiruv bo‘yicha direktori
Zairov Ilxom Matazimovich - «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining «Avtomobil va texnologik transporti» filiali og‘ir yuk mashinasi haydovchisi
Sayitov Hamza Qahharovich - «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi buldozer mashinisti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev