O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakuniga yetdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi tadbirlari nihoyasiga yetdi.
Davlatimiz rahbari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida investitsiya va savdo sohalarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.


Tadbirlar yakunlangach, mamlakatimiz yetakchisi Ostona xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi. Oliy martabali mehmonni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.