O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar
O‘zbekiston – Hindiston oliy darajadagi muzokaralari yakunlangach, birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.

Marosim mamlakatlarimizning ko‘p qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlangani hamda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qat’iy intilishning ramzi bo‘ldi.

