O‘zbekiston Prezidenti Tatariston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Rustam Minnixanov davlatimiz rahbarini tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va O‘zbekiston xalqi ravnaqi yo‘lidagi serqirra mehnatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Mamlakatimiz hududlarining Tatariston Respublikasi bilan hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda ustuvor tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.