O‘zbekiston o‘smirlari Janubiy Koreyaga qarshi
Bugundan boshlab U-17 Osiyo kubogining chorak final bahslariga start beriladi.
Saudiya Arabistoni yashil maydonlari 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bahslariga mezbonlik qiladi.
Bugundan boshlab U-17 Osiyo kubogining chorak final bahslariga start beriladi. Turnirda muvaffaqiyatli odimlayotgan o‘smirlar terma jamoamiz Janubiy koreyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.

Ta’kidlash joiz, terma jamoamiz guruh bosqichida Hindiston va Avstraliyani mag‘lub etib, birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olgan edi. Bundan tashqari, o‘smirlarimiz jahon chempionatiga ham yo‘llanmani naqd qilib ulgurgan.