O‘zbekiston Milliy jamoasi a’zosi «Navbahor» bilan shartnomasini bekor qildi
U klub safida birorta o‘yin o‘tkazmadi.
Namanganning «Navbahor» klubi tayanch yarim himoyachi Abdulla Abdullayev bilan amaldagi shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi.
O‘zbekiston Milliy terma jamoasining 28 yoshli a’zosi ushbu yilning 13 iyul kuni «lochinlar» bilan shartnoma imzolagan edi. U klub safida birorta o‘yin o‘tkazmadi.
Abdullayev faoliyati davomida «Bunyodkor», «Paxtakor», OKMK, «Xor-Fakkan» (BAA) va «Dibba» (BAA) klublarida ham o‘ynagan.