O‘zbekiston MDH Turizm bo‘yicha kengashiga raislik qiladi
O‘zbekiston 2026-2027-yillarda MDH ga a’zo davlatlar Turizm bo‘yicha kengashiga raislik qiladi.
Tegishli qaror Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Kengashning navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi. Tadbirda O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston vakillari ishtirok etdi.
Raislik davomida mamlakatimiz transchegaraviy turizmni rivojlantirishga, mintaqaning bir nechta davlatlaridagi diqqatga sazovor joylarni birlashtiradigan qo‘shma yo‘nalishlarni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, statistika ma’lumotlarining almashinuvini kengaytirish, sohada mutaxassislar tayyorlashni faollashtirish ham ko‘zda tutilgan.
MDH Turizm bo‘yicha kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2027-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Orash Akaboyev, O‘zA