O‘zbekiston – Malayziya: oliy ta’limdagi hamkorlik
Malayziyaning Perlis universiteti delegatsiyasi Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘ldi. Delegatsiya tashrifi davomida institut rektori Sadoqat Siddiqova hamda mehmonlar o‘rtasida muzokaralar olib borildi.
Dastlab so‘nggi yillarda ikki davlat rahbarlarining tashabbusi bilan O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirilayotganligini ta’kidlandi.

Muzokaralar davomida institutda Nanolaboratoriya tashkil etish hamda yashil qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi, Nanoelektronika muhandisligi kabi yo‘nalishlarni hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
– Shuningdek, muzokara kun tartibidan magistratura bosqichida qo‘shma dastur tashkil etish, tadqiqotchi va izlanuvchilarga ikki tomondan ilmiy rahbarlikni tashkil etish, tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatida ko‘maklashish, hududni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishga doir hamkorlikdagi loyihalarni tashkil etish o‘rin oldi, – deydi institut rektori Sadoqat Siddiqova.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri