O‘zbekiston kubogi: 29–30-avgust kunlari o‘tadigan bahslarga hakamlar tayinlandi
Farg'ona va Namanganda markaziy o'yinlar o'tkaziladi.
O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichining 29–30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan to‘rtta uchrashuvida ishlaydigan hakamlar brigadasi aniqlandi.
29-avgust kuni «Surxon» va «Guliston» o‘rtasidagi bahsni Umidjon Rahimjonov boshqaradi. Unga Islom Nosirov hamda Otabek Mamatov yordam beradi. Rinat Serazitdinov zaxira hakami sifatida ishlaydi. VAR hakami — G‘ayrat Jo‘rayev, AVAR hakami — Andrey Sapenko. Uchrashuv nazoratchisi Marat Ismailov, komissari esa Davron Ibrohimov bo‘ladi.
Shu kungi «Neftchi» — «Paxtakor» uchrashuvida bosh hakam vazifasi Shavkat Nasibullayevga yuklatilgan. Rasuljon Fozilov va Maksim Nexochin yordamchi hakamlar sifatida faoliyat yuritadi. Doston Rahmonov zaxira hakami, Asker Najafaliyev VAR, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov esa AVAR hakami bo‘ladi. Bahs nazoratchisi — Baxtiyor Namozov, komissar — Qudrat Madraimov.
30-avgust kuni «So‘g‘diyona» va «Jayxun» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni Nayim Qosimov boshqaradi. Akmal G‘iyosov va Aleksandr Burov unga yordam beradi. Alisher Rahimqulov zaxira hakami etib tayinlangan. VAR tizimida Doston Rahmonov, AVARda esa Shohnur Yo‘ldoshev ishlaydi. Nazoratchi — Baxtiyor Tagayev, komissar — Jalolxon Inog‘omxo‘jayev.
30-avgustdagi yana bir markaziy bahs — «Navbahor» va «Nasaf» qarama-qarshiligida bosh hakam sifatida Temur To‘xtasinov faoliyat olib boradi. Avaz Abdullayev va Abdurashid Erkinov yordamchi hakamlar bo‘ladi. Olim To‘ychiboyev zaxira hakami, Jasur Muxtorov VAR, Rinat Serazitdinov esa AVAR hakami sifatida ishlaydi. Uchrashuv nazoratchisi — Ma’mur Saidqosimov, komissar — Shohruh Said.