O‘zbekiston kinematografiyasi: o‘tmish, bugun, kelajak
O‘zbekiston madaniy meros haftaligi va «O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori» mavzusidagi IV xalqaro Kongressning uchinchi kunida o‘tkazilgan ijodiy kecha shunday nomlandi.
Respublika Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda tajribali o‘zbek va jahon kinematografistlarining sohaning dolzarb mavzulariga oid ma’ruzalari tinglandi.
Shundan so‘ng mahoratli rejissyor Janik Fayziyevning “Buyuk Ipak yo‘li” loyihasi va o‘zbek kinosidagi koproduksiyalar”, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudovning “Parining sovg‘asi”, Valdis Pelshning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi Renessansga nazar” loyihasi, taniqli prodyuser Aleksandr Kesselning “Quyosh lazzati” filmi, Respublika kinofondi direktori Eljon Abbasovning o‘zbek kino san’ati tarixiga oid hali jamoatchilikka e’lon kilinmagan fotografiyalar jamlanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, “O‘zbekkino” agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” badiiy filmi namoyish etildi.
Imronbek Yahyoyev, O‘zA