O‘zbekiston iqtisodiy yuksalish ostonasida (+video)
So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanish va global integratsiya yo‘lida shahdam qadam tashlamoqda.
Ma’lumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) xalqaro savdo munosabatlarini tartibga soluvchi eng yirik tashkilot hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizning ushbu tuzilmaga a’zo bo‘lishini ta’minlash maqsadida izchil ish olib borilyapti.
Tabiiyki, tashkilotga a’zolik respublikamiz uchun yangi savdo imkoniyatlarini ochib, eksport ko‘lamini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqishni ta’minlaydi. Natijada boshqa davlatlar bilan savdo-sodiq sezilarli darajada rivojlanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik va boshqa sanoat tarmoqlari uchun yangi xaridorlar ko‘payadi.
Kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, shuningdek yurtimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni atroflicha muhokama qilish maqsadida O‘zA muxbiri Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi Mirmuhsin Xolmuhammedov bilan suhbatlashdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4OWTwfHclP8" title="Oʻzbekiston iqtisodiy yuksalishostonasida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Abror Sodiqov (video), O‘zA