O‘zbekiston Gabonga qarshi, Angliya esa Urugvayga. Bugun bo‘lib o‘tadigan markaziy uchrashuvlar bilan tanishing
Bugun ko‘plab terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.
Jahon chempionati oldidan so‘nggi FIFA kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yig‘indan terma jamoalar maksimal tarzda foydalanishga harakat qilmoqda. Ba’zi terma jamoalar xalqaro turnirlarda ishtirok etayotgan bo‘lsa, qolganlar o‘rtoqlik o‘yinlari bilan yig‘inni davom ettirmoqda. Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series musobaqasi doirasida Gabonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 19:00da start oladi. Bundan tashqari, ko‘plab terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar ro‘yxati bilan tanishing.
