O‘zbekiston – Eron: hamkorlik ko‘lami kengayadi
Eron Islom Respublikasi “Mehr” axborot agentligi (MNA) O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev ushbu davlatning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashganini yoritdi.
Maqolada tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbolini muhokama qilgani, shuningdek bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgani ta’kidlangan.
Elchi 2024 yil ikki va ko‘p tomonlama sheriklik ko‘lami sezilarli darajada kengayganini qayd etib, Eron tomoni umumiy sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirishga tayyorligini bildirgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA