O‘zbekiston – do‘stlik va birodarlik ulug‘langan yurt
Termiz shahridagi San’at saroyida “O‘zbekiston – do‘stlik va birodarlik ulug‘langan yurt” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat va shahar hokimliklari, Xalq qabulxonasi, milliy madaniyat markazlari vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Bayram tadbir doirasida viloyatda yashovchi turli millat va elat vakillarining o‘ziga xos milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga oid ko‘rgazma tashkil etildi.
Rus, tojik, turkman milliy madaniyat markazlari qoshidagi konsert jamoalarining badiiy chiqishlari ayniqsa, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
[gallery-2502]
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat), O‘zA