«Özbekiston – 2030» strategiyasining töqqiz oylik rejasi 92 foizga bajarildi
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida «Özbekiston — 2030» strategiyasi doirasida rejalaştirilgan 251 ta körsatkiçdan 230 tasi töliq bajarildi.
Bu haqda Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi xabar berdi.
Raqamli platformada jami 437 ta strategiya körsatkiçi monitoring qilinmoqda. Töqqiz oylik yakunlarga köra, belgilangan vazifalarning 92 foizi «yaşil» (töliq bajarilgan) toifaga kirdi. Birinçi yarim yillikda bu körsatkiç 79 foizni taşkil etgan edi.
Monitoring natijalariga köra, 21 ta körsatkiçda (8 foiz) keçikiş kuzatilib, ular «sariq» toifada qayd etildi. Jiddiy keçikişni anglatuvçi «qizil» toifadagi körsatkiçlar soni nolga tuşirildi.

Agentlik maʼlumotiga köra, Vazirlar Mahkamasi va masʼul idoralar bilan taşkil etilgan manzilli işlar natijasida birinçi yarim yillikda ortda qolgan vazifalar ijrosi jadallaştirildi. Xususan, avval «qizil» toifada bölgan 9 ta körsatkiçdan 7 tasi, «sariq» toifadagi 35 ta körsatkiçdan esa 29 tasi «yaşil» toifaga ötkazildi.
Islohotlarning amaliy samarasi — aholining turmuş şaroiti va hayot sifatida
Strategiya doirasida bajarilgan işlar raqamlarda emas, balki bevosita insonlar hayotida, ijtimoiy-iqtisodiy körsatkiçlarning yaxşilanişida öz aksini topmoqda.

Masalan, kambağallik darajasi pasaymoqda: ötgan yildagi 5,8 foizdan joriy yilda 4,5 foizga kamaydi; umumiy işsizlik darajasi 4,8 foizdan 4,5 foizga pasaygan bölsa, yoşlar işsizligi ham 9,6 foizdan 8,5 foizga qisqardi; maktabgaça va maktab taʼlimi pedagog xodimlarining oylik iş haqi 2013-yilga nisbatan 1,45 barobar oşirildi; ijtimoiy karta bilan taʼminlangan aholi soni 659 ming nafardan 1,34 million nafarga yetdi; nogironligi bölgan bolalarni kunduzgi parvariş xizmati bilan qamrab oliş körsatkiçi 3 ming nafardan 6,7 ming nafarga oşdi. Şuningdek, yetim bolalarning jamiyatga integratsiyalaş darajasi ortib, hisobot davri yakuniga köra bu körsatkiç 1,8 ming nafarni taşkil etdi.
Ijroda eng faol vazirlik va idoralar
Töqqiz oylik monitoring natijalariga köra, qator vazirlik va idoralar öziga yuklatilgan vazifalarni töliq bajarib, yetakçi örinlarni egalladi:

Madaniyat vazirligi (jami 20 ta körsatkiç), Adliya vazirligi (13 ta), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (12 ta), Raqamli texnologiyalar vazirligi (12 ta), Soğliqni saqlaş vazirligi (11 ta) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (9 ta) öz yönalişlaridagi körsatkiçlarni töliq bajarib, 100 foizlik natija qayd etdi.
Şuningdek, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi 95 foiz (18/19), Taʼlim va ilm-fan vazirligi 93 foiz (14/15), Transport vazirligi 92 foiz (11/12) hamda Sport vazirligi 89 foiz (8/9) natija körsatib, faol öntalikka kirdi.
Maʼlumot uçun: «Özbekiston — 2030» strategiyasi mamlakatning 2030-yilgaça bölgan davrdagi taraqqiyotining ustuvor yönalişlari, maqsadlari va aniq körsatkiçlarini belgilab beruvçi asosiy uzoq muddatli dasturiy hujjat hisoblanadi.
Strategiya dastlab Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni bilan tasdiqlangan bölib, keyinçalik jahonda yuz berayotgan yangi tendensiyalar, iqtisodiy va texnologik özgarişlar hamda keng jamoatçilik muhokamalari davomida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmoni bilan yangilangan.
Umidjon Qurbonov, ÖzA