O‘zbek tili tezaurusida oziq-ovqat nomlarini semantik qidirish: NLP texnоlogiyalari va algoritmlar
Muyassar YO‘LDOSHALIYEVA o‘qituvchi Toshkeny shahar Olmazor tumani 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada o‘zbek tili tezaurusida oziq-ovqat nomlarini ifodalovchi birliklarni semantik qidirish masalasi tadqiq etilgan. Oziq-ovqat nomlarining leksik-semantik xususiyatlari, ular o‘rtasidagi giperonimik, giponimik, meronimik va sinonimik munosabatlarni elektron tezaurusda aks ettirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) texnologiyalarining tezaurus resurslarini shakllantirish va semantik qidiruv jarayonlarini avtomatlashtirishdagi ahamiyati asoslangan.
Tayanch so‘zlar: NLP, Vector Space Model, normalizatsiya, lemmatizatsiya, tokenizatsiya, TF-IDF(Term Frequency-Inverse Document Frequency), Word Embeddengs (taqsimlangan semantik modellar).