O‘zbek san’ati arab diyorida olqishlandi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi "Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va axborot-multimedia markazi" davlat muassasasi boshchiligidagi san’atkorlar jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi. Madaniyat vazirligi axborot xizmati bu haqda xabar bermoqda.
Ayni paytda Dubay shahrida o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli anjumanning o‘zbek pavilonida yurtimiz san’atkorlari – “Bek” doirachilar guruhi, Karnay-surnay ansambli, “Tumor” raqs dastasi o‘zlarining diltortar badiiy chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.


Yosh iste’dodlarimiz tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-navolar va jozibador raqslar o‘zbek paviloniga tashrif buyurganlar tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda.


N.Usmonova, O‘zA