O‘zbek kinochilarining yana bir yutug‘i
22-27 may kunlari London shahrida Yevroosiyo ijodiy gildiyasining navbatdagi kinofestivali (ECG) bo‘lib o‘tdi.
100 dan ortiq filmlar qatnashgan ushbu kinofestivalda “O‘zbektelefilm” davlat muassasasi buyurtmasiga binoan rejissyorlar Muzaffarxon Erkinov hamda Muzaffar Qoraboyevlar tomonidan suratga olingan “Aydinlar” badiiy filmi “Eng yaxshi badiiy film”, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Muzaffarxon Erkinov tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” badiiy filmi esa “Tomoshabin mehrini qozongan film” nominatsiyalari g‘olibi bo‘ldi.
Aytish kerakki, mahoratli rejissyor Muzaffarxon Erkinovning “Saodat”, “Aydinlar”, “Maxtumquli Firog‘iy”, “Abdulla Oripov” kabi filmlari bir qator nufuzli xalqaro festivallarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan.
N.Usmonova,
O‘zA