O‘zbek adiblarining asarlari tojik tilida
“Xirmani suxan” (“So‘z xirmoni”) ana shunday kitoblardan biri.
Mazkur kitob iqtidorli adib va tarjimon Yunus Imomnazarning o‘zbek adiblarining tanlangan qissa va hikoyalari asosida tayyorlagan ikkinchi kitobdir.
Kitobdan Xudoyberdi To‘xtaboyev, Farhod Musajon, O‘lmas Umarbekov, Erkin Samandar, Ne’mat Aminov, Shukur Xolmirzayev, Asad Asil, Omon Muxtor, O‘tkir Hoshimov, Muhammad Ali, Tohir Malik, Tog‘ay Murod, Otauli, Nurali Qobul, Erkin A’zam kabi taniqli so‘z ustalarining eng sara hikoyalari o‘rin olgan.
Yunus Imomnazarning sa’y-harakati evaziga dunyoga kelgan mazkur kitob tojik o‘quvchilarining ham ko‘ngil mulkiga aylangusi.
O‘zA