O‘zbek adabiyoti va jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli ijodkor — Azimjon Berimjonov (+video)
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida o‘zbek adabiyoti va jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan taniqli ijodkor, shoir va dramaturgAzimjon Berimjonov haqida ma’lumot beriladi.
1922–1924-yillarda Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tashabbusi bilan jadidlar tomonidan Germaniyaga 60 dan ziyod yoshlar, jumladan 2 nafar qiz o‘qishga yuborilgan. Ularning maqsadi ilm-fan, muhandislik va zamonaviy kasblarni egallab, yurtni mustamlakachilikdan ozod qilish edi. Talabalar asosan Berlin shahridagi oliygohlar va ixtisoslashgan bilim yurtlarida tahsil olishgan.
Azimjon Berimjonov nomi o‘tgan asrda Turkiston yoshlarining Germaniyaga o‘qishga yuborilishi va u yerda tahsil olgan ziyolilar taqrizidagi tarixiy voqealarda tilga olinadi.
Taniqli ijodkor, shoir va dramaturg Azimjon Berimjonovning ijodi milliy an’analarni yangicha talqin etish, badiiy tafakkurni zamonaviylashtirish va she’riy shakl yangiliklari bilan ajralib turadi. Shoir va dramaturg sifatida u an’anaviy obrazlarni bugungi davr ruhiyatiga mos ravishda ochib berishga alohida e’tibor qaratadi.
Germaniyada tahsil olib, 1920–1930-yillarda vatanga qaytgan mutaxassislarning deyarli barchasi 1937–1938-yillarda sovet rejimi tomonidan "Turkiston josuslik tashkiloti a’zosi" va "dushman" deb topilib, otib tashlangan. Ularning nomlari O‘zbekiston mustaqilligi yillaridagina oqlandi.
Batafsil
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5TRrubcUR7s" title="Jadid, shoir va dramaturg Azimjon Berimjonov" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA