O‘zaro hamkorlikdagi ishlarda natija bo‘ladi
Toshkent viloyati sudi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida sud va Davlat organlarining o‘zaro hamkorligi” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda tuman va shahar “Inson” markazlari mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda qonunchilikdagi o‘zgarishlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi muhokama qilindi. Da’vo arizalarini tayyorlash tartibi, kerakli hujjatlar va ularni topshirish jarayoni haqida tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida voyaga yetmaganlar, ayniqsa, bolalar huquqlarini sud orqali himoya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ularning manfaatlarini himoya qilishda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.





– Sudlarga da’vo arizalarini tayyorlash va ularni elektron tarzda topshirish jarayonida ayrim noaniqliklar uchrab turadi. Buning natijasida ba’zida voyaga yetmaganlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning huquqlari yetarlicha himoya qilinmay qolmoqda. Mas’ullar aytgan ma’lumotlarda ayni shu jihatlarga alohida urg‘u berildi. Ishtirokchilar o‘z savollariga batafsil javoblar oldi va tajriba almashish orqali faoliyatlarini yanada takomillashtirish yo‘llarini belgilab oldi, – deydi Bo‘ka tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi huquqiy masalalarda ekspert maslahatchisi Po‘lat Abdazov.
A.Musayev,O‘zA