Ozarbayjonda muxolifatchilar muddatdan avvalgi saylovlarga qarshi chiqmoqda
5 dekabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev mamlakat Milli Mejlis (Parlament)ini tarqatib yuborish va muddatdan ilgari saylovlar o‘tkazish sanasini 2020 yilining 9 fevraliga belgilash yuzasidan farmon imzoladi.

Davlat rahbarining mazkur farmoni Prezident saytida e’lon qilindi.
Avvalroq, Ozarbayjon parlamenti Prezident Alievga murojaat qilib mamlakatda muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishi uchun parlament tarqatilishini so‘ragan edi.
Murojaatga javoban hukmron “Yangi Ozarbayjon” partiyasi o‘z bayonotida, bu Milli Mejlisning “yangilanishi” uchun zarurligi va hukumat idoralaridagi kadrlar o‘zgarishi “xalq tomonidan ijobiy kutib olinishi”ni ma’lum qilgan.
Demokratik kuchlar Milliy Kengashi (DKMK) siymosidagi muxolifatchilar muddatdan avvalgi saylovlarga qarshi chiqdi. Ularning fikricha muddatdan avvalgi saylovlar mamlakatda Alievlar oilasining hukmronligini yanada mustahkamlaydi.
“Muddatdan avvalgi parlament saylovlari demokratik islohotlar o‘tkazilishini ko‘zlamaydi, balki hukumatni bitta oila qo‘lida konsentratsiya qilishga qaratilgan“, deyiladi Demokratik kuchlar Milliy Kengashi bayonotida.