Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Samarqandga keldi
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun 10-noyabr kuni Samarqandga keldi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Eslatib o‘tamiz, bu Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yilda yurtimizga uchinchi bor tashrifi sanaladi.
Ilhom Aliyev Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2022 yil 21 iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan edi. Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun 15 sentyabr kuni ham Samarqandga kelgan.
Ikrom AVVALBOEV,
O‘zA