“O‘zagroinspeksiya” yana bir reytingda yuqori baholandi
“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida davlat xizmatlarini soddalashtirish, ochiqlik va samaradorlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yuqori natija qayd etdi.
Respublika tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan reyting yakunlariga ko‘ra, Inspeksiya 80,25 ball to‘plab, 4-o‘rinni egalladi hamda “yashil” toifaga kiritildi.
Qayd etilishicha, mazkur natija tizimda byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, raqamli boshqaruv mexanizmlarini keng joriy etish, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay xizmatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.
Shu bilan birga, sohada ochiqlikni ta’minlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilayotgani ta’kidlandi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA