O‘zA tanqididan so‘ng
Yodgorlikdagi kamchilik bartaraf etildi
Kecha O‘zA saytida Shahrisabz shahridagi Amir Temur haykali poyiga o‘rnatilgan yodgorlik toshidagi yozuvda kamchiliklar mavjudligi haqida fototanqid e’lon qilingan edi.

Mazkur masala Shahrisabz tuman hokimligi tomonidan tezkorlikda nazoratga olinib, muammo bartaraf etilgan.
Shuningdek, Shahrisabz shahar hokimligi muammoga rasmiy munosabat ham bildirdi.
"Yodgorlikdagi ayrim harflar vaqt o‘tishi, tabiiy omillar hamda qish mavsumida qisman shikastlangan" — deyiladi Shahrisabz shahar hokimligi munosabatida.
Ayni paytda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tarixiy maydondagi yozuvlar va marmar peshlavhalarni yangilash yuzasidan buyurtmalar berilgani va ular tez fursatda yangilanishi ham munosabatda bayon etilgan.
Qayd etish loziki, shu kabi jamoatchilik e’tibori va e’tirozlari hududlardagi muammolarni bartaraf etishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
O‘zA