OTMK jamoasi g‘olib
Olmaliq shahrida qo‘l to‘pi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Olmaliq shahrida qo‘l to‘pi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.O‘n olti jamoa ishtirok etgan chempionatning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Olmaliqning OTMK jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Andijon olimpiya zaxiralari kolleji jamoasi ikkinchi, Urganch davlat universiteti jamoasi uchinchi o‘ringa loyiq topildi.
Turnirning ayollar o‘rtasidagi bahslarida OTMK jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kumush va bronza medallar andijonlik hamda qashqadaryolik sportchilarga nasib etdi.