Ötmiş sadosi, ustoz xotirasi va televideniye tarixi
Bugun Özbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida "Arxiv hujjatlarida televideniye tarixi” nomli fotokörgazma hamda özbek televideniyesi tarixidagi ilk erkak diktor, Özbekistonda xizmat körsatgan artist, oliy toifali diktor Öktam Jobirov hayoti va ijodiga bağişlangan "Otamdan uluğim” nomli kitob taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirda “Özarxiv” agentligi, Özbekiston milliy arxivlari rahbarlari va xodimlari, vazirlik va idoralar vakillari, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda soha faxriylari iştirok etdilar.
Tadbir doirasida taşkil etilgan “Arxiv hujjatlarida televideniye tarixi” fotokörgazmasidan Özbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1930–2012-yillarga oid noyob fotosuratlar örin oldi. Ularda mamlakatimiz televideniyesi va radiosining şakllaniş tarixi, ilk suxandonlar, rejissyor va operatorlar, şuningdek, xalqimiz mehrini qozongan taniqli boşlovçi va ijodkorlarning faoliyati aks etgan. Körgazmada namoyiş etilgan 100 ga yaqin fotohujjatlar orasida Özbekistonda xizmat körsatgan artist, oliy toifali diktor Öktam Jobirovning hayoti va ijodiy faoliyatiga bağişlangan " suratlar alohida örin egalladi. Uşbu tarixiy fotosuratlar Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir va televideniye suxandoni Muslimbek Yöldoşevning “Otamdan uluğim” nomli mualliflik kitobidan ham örin olgan. Taqdimot davomida Özbekistonda xizmat körsatgan artist Galina Melnikova, Nasiba Ismoilova, Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, adabiyotşunos Şuhrat Rizayev va boşqalar sözga çiqib, Öktam Jobirovning hayoti, ijodiy yöli, insoniy fazilatlari va özbek televideniyesi rivojiga qöşgan hissasi haqida iliq xotiralar bilan örtoqlaşdilar.
Taʼkidlanganidek, Öktam Jobirov nafaqat öz kasbining ustasi, balki kamtarligi, mehnatsevarligi, masʼuliyatliligi va şogirdlariga bölgan mehri bilan ham köpçilikning hurmatini qozongan inson edi. Uning boy ijodiy merosi va hayot yöli bugungi yoş avlod uçun ibrat maktabidir. Adabiyotşunos Şuhrat Rizayev öz sözida suxandonlik kasbining masʼuliyati haqida alohida töxtalib, bu boradagi qaraşlarini quyidagiça ifoda etdi: “Biz baʼzan suxandonlar birov yozib bergan matnni öqib beradi, körsatuv olib borsa, mehmonlarga savol beradi, şu bilan vazifasini bajaradi, deb öylaymiz. Aslida esa bu kasb juda katta tayyorgarlik va bilim talab qiladi. Suxandon körsatuvda söz boradigan inson yoki voqea haqida barça maʼlumotlarni çuqur örganişi, ularni töplaşi va puxta tayyorgarlik körişi kerak. Uning tayyorgarligi öqituvçining darsga tayyorgarligidan kam emas. Suxandon öz sohasini mukammal bilişi, har bir maʼlumotdan xabardor bölişi lozim”. Şuningdek, sözga çiqqanlar Muslimbek Yöldoşevning “Otamdan uluğim” kitobini Öktam Jobirovning hayoti va ijodini, uning ustozlik faoliyati hamda insoniy qiyofasini yorituvçi muhim maʼnaviy-maʼrifiy manba sifatida eʼtirof etdilar.
[gallery-32359]
Mazkur kitob taqdimoti va arxiv fotokörgazmasi nafaqat televideniye tarixini örganiş, balki milliy telejurnalistikamiz rivojiga munosib hissa qöşgan ustozlarning xizmatlarini qadrlaş, ularning boy ijodiy merosini kelajak avlodga yetkaziş yölidagi muhim tadbir böldi. Zero, arxivlarda saqlanayotgan har bir tarixiy hujjat, har bir surat — bu ötmişdan darak beruvçi bebaho xotira, kitoblar esa ana şu xotiralarni kelajak avlodga yetkazuvçi maʼnaviy köprikdir.
Munira Ramazonova,Farhod Abdurasulov. ÖzA