O‘tganlarni xotirlash – xayrli ish (+video)
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari har bayram arafasida betob bo‘lib uyda yotib qolgan, xizmat vazifasini o‘tayotgan paytida halok bo‘lgan hamkasblar xonadoniga borish, hayot bo‘lganlardan duo olish, o‘tganlarni yodga olishni an’anaga aylantirishgan.
Yangi yil bayrami arafasida xizmat vazifasini o‘tayotgan paytida mardlarcha halok bo‘lgan, bojxona xodimi Ilhomjon Sobirovning xonadonidan xabar olindi.



Suhbat davomida marhumning xizmat yillari xotirlandi. Uning Vataniga, xalqiga, kasbiga bo‘lgan sadoqati, halol, jonkuyar va fidoiy xodim sifatida olib borgan faoliyati e’tirof etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LhUsXEGPnyE" title="Oʻtganlarni xotirlash – xayrli ish" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov (surat), O‘zA muxbiri