Ostona: zamonaviy qiyofa va milliy me’morchilik uyg‘unligi
FOTOREPORTAJ
Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona zamonaviy arxitekturasi, keng ko‘chalari va muhtasham inshootlari bilan Markaziy Osiyoning yirik ma’muriy hamda iqtisodiy markazlaridan biri hisoblanadi.
Shaharda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari natijasida zamonaviy turar joy majmualari, madaniy-ma’rifiy muassasalar, istirohat maskanlari va muhandislik infratuzilmasi yanada takomillashtirildi. Bu esa poytaxtning jozibador qiyofasini namoyon etish barobarida aholi va mehmonlar uchun qulay muhit yaratmoqda.
[gallery-30681]
Ostonada milliy me’morchilik an’analari va zamonaviy qurilish yechimlari uyg‘unlashgan bo‘lib, shaharning o‘ziga xos arxitekturasi sayyohlar e’tiborini tortadi.
Nosirjon HAYDAROV(surat),O‘zA