OSON elektron pullari – chegarasiz va xavfsiz pullar
Butun dunyodagi foydalanuvchilar OSON dan erkin foydalanish imkoniyatiga ega boʻldilar. Endi ilovada xalqaro Visa, MasterCard va Mir kartalarini bogʻlash mumkin.
Butun dunyodagi foydalanuvchilar OSON dan erkin foydalanish imkoniyatiga ega boʻldilar. Endi ilovada xalqaro Visa, MasterCard va Mir kartalarini bogʻlash mumkin.
OSON – Oʻzbekistonning butun dunyodagi foydalanuvchilar erkin foydalana oladigan birinchi elektron pul toʻlov tizimidir. Ilovada xalqaro Visa, MasterCard va Mir kartalarini bogʻlash imkoniyati paydo boʻldi.
Kompaniyada ushbu imkoniyatning Oʻzbekistonda va undan tashqarida yashovchi OSON foydalanuvchilari uchun birdek qulay.
Masalan, Rossiyadagi kishining hamyonini Oʻzbekistondan turib toʻldirish mumkin. Buning uchun foydalanuvchining hisob varagʻiga pul oʻtkazishingiz yoki ularning mobil operatori xizmatlariga haq toʻlash mumkin. Bunda xalqaro Visa, MasterCard yoki Mir kartalarini OSON toʻlov tizimiga bogʻlash hamda foydalanuvchiga tegishli hamyonni toʻldirish lozim. Shundan soʻng, OSON tizimida barcha xizmatlar uchun haq toʻlash imkoniyati paydo boʻladi.

Bank yoki mamlakatlar oʻrtasida alohida cheklovlar mavjud emas. Ushbu xizmat dunyoning barcha mamlakatlarida amal qiladi. Bunda kartaning bank tomonidan imkoniyat kartaning chiqarilgan bank ilovasini maxsus oʻrnatish zaruratidan xalos qiladi.
– Ushbu loyihani amalga tatbiq etish uchun xorijiy ekspertlarni hamda Rossiya va Yevropalik hamkor mutaxassislar takliflarini oʻrgandik,— deydi OSON toʻlov tizimining asoschisi Farhod Mahmudov. – Chet eldagi OSON foydalanuvchilari va mamlakatimiz mehmonlari anchadan beri Oʻzbekistonda Visa, MasterCard va Mir kartalari orqali onlayn-servis va xizmatlarga haq toʻlash imkoniyatini kutayotgan edilar.
Ushbu xizmatni amalga oshirish ustida ishlash jarayoni uzoq va murakkab kechdi, natija biz kutgandek. Endi, foydalanuvchilar oʻz kartasini OSON toʻlov tizimiga bogʻlash orqali barcha xizmatlarga onlayn tarzda haq toʻlashi mumkin. Ortiqcha ovoragarchiliklarga oʻrin yoʻq.
Toʻlovni amalga oshirish paytida shaxsiy maʼlumotlarning himoyasi ham kuchaytiriladi. Bunga shaxsiy maʼlumotlarni va karta raqamlarini tokenlashtirish yordamida erishildi.
Tokenlashtirish – bu maʼlumotlarni shifrlash yordamida elektron toʻlovlarning yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlovchi texnologiyadir. Uning yordamida sotuvchi va xaridor oʻrtasida shaxsiy maʼlumotlarni va rekvizitlarni uzatishga hojat qolmaydi. Barcha maʼlumotlar noyob kod – token bilan almashtiriladi.

Bunda tokenning oʻzi shaxsiy maʼlumotlarni saqlamaydi. U hozirgi maʼlumotlar bilan bank-ekvayer darajasida faqat mantiqan bogʻlangan.
Endi xizmat haqini toʻlash uchun har safar karta maʼlumotlarini kiritish, yohud ularni sotuvchi yoki vositachilarga berish shart emas.
Kompaniyada OSON tizimi karta saqlovchilarining maʼlumotlarini saqlash, qayta ishlash va uzatish boʻyicha PCI DSS 3.2.1 standart talablariga muvofiqlik yuzasidan tasdiqlangan sertifikatga ega ekanligi taʼkidlangan.
Endilikda pulingizning xavfsizligi – OSON nazorati ostida boʻladi. Xalqaro kartalar orqali haq toʻlash 3D-Secure texnologiyasi bilan himoyalangan. U toʻlovlarni amalga oshirish xavfsizligini oshiradi. (Oddiy qilib aytganda, 3D-Secure – bu toʻlov paytida karta egasining telefoniga keladigan kod). Ushbu kod yordamida foydalanuvchi boshqa biror kimsa emas, balki aynan oʻzi toʻlov bajarayotganini tasdiqlaydi. Agar saqlovchi kartasiga 3D-Secure himoyasi ulangan boʻlsa, saqlovchining xabarisiz toʻlovni bajarish imkoniyati mavjud emas.
OSON elektron pullar toʻlov tizimi
Matbuot xizmati