O‘smir bokschilarimiz yana shohsupada
Dubayda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi.
Avvalroq, o‘smir yigitlarimiz 11 medal bilan musobaqani yakunlagan edi.
Musobaqada O‘zbekiston o‘smir qizlar terma jamoasi ham yuqori marralarni zabt etdi. Bokschi qizlarimiz chempionatda 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoamiz tarkibida quyidagi bokschilarimiz g‘olib va sovrindor bo‘ldi:
Oltin:
- 46 kilogramm: Gulsevar G‘aniyeva
- 50 kilogramm: Shaxina Ne’matova
- 70 kilogramm: Oysha Toirova
Kumush:
- 48 kilogramm: Robiyaxon Baxtiyorova
- 54 kilogramm: Guldana Tilaubergenova
- 66 kilogramm: Sanobar Bozorboyeva
Bronza:
- 52 kilogramm: Laziza Yusupova
- 57 kilogramm: Ra’no Muratbayeva
- 60 kilogramm: Muxlisa Toxirova
- 63 kilogramm: Sitora Bahodirova
- 81 kilogramm: Oltinoy Sotimboyeva
Ma’lumot uchun, Dubaydagi Osiyo chempionati to‘rtta toifada (o‘smir o‘g‘il bolalar va qizlar, yoshlar va yosh qizlar) o‘tkazilmoqda. Ertaga musobaqa doirasida yoshlar o‘rtasidagi bahslar tashkil etiladi.
Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘smirlarimiz bugun, 30 avgust kuni soat 16:40 da yurtimizga qaytib keladi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinishi rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zbekiston boks federsiyasi matbuot xizmati.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri