Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha 9-o‘rinda
Yaponiyada davom etayotgan Aichi–Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hozirga qadar 6 ta medal jamg‘ardi.
Terma jamoamiz hisobida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medal mavjud. Ushbu natija bilan O‘zbekiston ayni paytda umumjamoa medallar jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
🥇 Oltin — 1 ta
🥈 Kumush — 4 ta
🥉 Bronza — 1 ta 🏅
Jami — 6 ta medal
O‘zbekistonning yagona oltin medalini karate bo‘yicha Abdulvahob Rashidov qo‘lga kiritdi.
Delegatsiyamizning dastlabki ikki kunidan so‘ng hisobida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza bor edi.
Keyingi bahslarda Firdavs Atamuradov, Darya Latisheva va Hilola Sobirova kumush medallarni qo‘lga kiritib, O‘zbekistonning kumush medallari sonini to‘rttaga yetkazdi.
Medallar jadvalida Xitoy yetakchilik qilmoqda, undan keyingi o‘rinlarda Yaponiya va Janubiy Koreya bormoqda. O‘zbekiston esa Hindistondan keyin 9-pog‘onada joylashgan.
Bugun ham bir qator o‘zbekistonlik sportchilar bahslarga kirishadi va medallar jamg‘armasini boyitish imkoniyatiga ega.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport