Osiyo o‘yinlari: Kurash musobaqalarining so‘nggi kunida mamlakatimiz vakillari ishtirok etmaydi
Yaponiyada o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida vatanimiz sportchilarining yuqori natijalarni qayd etayotgani e’tirofga loyiq bo‘lsa, milliy sportimiz kurash musobaqalari orqali "Aichi–Nagoya-2026" sport maydonlarida Vatanimiz bayrog‘idan jilo olgan yaktaklarda sportchilarning bellashayotgani yanada e’tiborli voqelik bo‘lmoqda.
Ortda qolgan kurash musobaqalarining ikki kunlik sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush medal bilan Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Bugun, 29-sentabr kuni milliy sportimiz kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining so‘nggi medallari o‘z egalariga topshiriladi.

Bugungi dasturda qit’a o‘yinlariga ajratilgan kvotalar holatida o‘zbekistonlik sportchilar kurash musobaqalarida ishtirok etmaydi.
Musobaqalarning so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasida -66, ayollar o‘rtasida esa +87 kg. vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkazilib, qit’aning 16 ta mamlakat vakillari sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.

Shiddatli kurashlarda nufuzli xalqaro turnirlarda g‘olib va sovrindorlikka erishgan kurashchilar ishtirok etmoqda. Bellashuvlarni Xalqaro kurash assotsiatsiyasining tajribali hakamlari boshqarib bormoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA