Osiyo o‘yinlari: bugun zamonaviy besh kurash va ayollar futbolida ishtirok etamiz
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarining bugungi dasturidan O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari ishtirokidagi zamonaviy beshkurash va ayollar futboli bahslari o‘rin olgan.
Futbolchi qizlarimiz guruh bosqichining ikkinchi turida Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Zamonaviy beshkurash bo‘yicha esa Mehriniso Qahramonova va Samira Abzalova ayollar o‘rtasidagi yarim final bahslarida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha zamonaviy beshkurashning qilichbozlik yo‘nalishidagi bellashuvlar yakunlariga ko‘ra, Mehriniso Qahramonova 20 ta g‘alaba bilan o‘ninchi, Samira Abzalova esa 13-natijani qayd etdi. Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi esa guruh bosqichining birinchi turida Filippin bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA