"Osiyo o‘yinlari-2026": bugun vakillarimiz 14 ta sport turida bahslashadi.
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida bugun, 22-sentabr kuni navbatdagi bahslar bo‘lib o‘tadi.
Kun davomida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari kibersport, ushu, velosport, o‘q otish, chim ustida xokkey, qilichbozlik, sport gimnastikasi, stol tennisi, karate, sohil voleyboli, futbol, MMA, gandbol va suv polosi bo‘yicha bahslarda ishtirok etadi.
Quyida 22-sentabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati bilan tanishing.
Kibersport: 05:00 — futbol, Hindiston – O‘zbekiston;
11:00 — futbol, O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston.
Ushu: 05:00 — nansyuan-nandao, final: Diyorbek Duyshaboyev;
06:00 — nansyuan-nandao, final: Darya Latisheva;
16:00 — chorak final: Saydullo Abdurashitov;
17:00 — chorak final: Doniyor Turg‘unboyev.
Velosport: 05:00 — shosse, final: Nafosat Qoziyeva, Shaxnoza Abdullayeva, Yanina Kuskova.
O‘q otish: 05:00 — 10 metr, miks, saralash va final: O‘zbekiston;
06:00 — skit: Ruslan Utaganov, Bekzod Abdurahimov, Behruz Sharipov;
06:00 — skit, jamoaviy bahs: O‘zbekiston.
Chim ustida xokkey: 05:00 — erkaklar, guruh bosqichi: Pokiston – O‘zbekiston.
Qilichbozlik: 06:00 — saralash va final: Daniil Kravsov, Radmir Semyonov, Dilnaz Murtazayeva, Malika Hakimova.
Sport gimnastikasi: 08:00 — saralash va final: Dildora Aripova, Oksana Chusovitina, Aleksandra Shevchenko.
Stol tennisi: 06:00 — ayollar, guruh bosqichi: O‘zbekiston – Qozog‘iston.
Karate: 09:00 — saralash va final: Sevinch Rahimova.
Sohil voleyboli: 09:00 — erkaklar, guruh bosqichi: O‘zbekiston – Qozog‘iston.
Futbol: 10:00 — erkaklar, guruh bosqichi: Vetnam – O‘zbekiston.
MMA: 10:00 — final: Firdavs Atamuratov – Mirzobek Umarov (Tojikiston);
11:30 — final: Hilola Sobirova – Xui Xon Teo (Singapur).
Gandbol: 13:30 — ayollar, guruh bosqichi: O‘zbekiston – Xitoy.
Suv polosi: 13:40 — ayollar: Yaponiya – O‘zbekiston.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA