Osiyo chempionatida 7 ta medal qo‘lga kiritildi
Tailandning Bang-Chang shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘zbekistonlik sportchilar uchun omadli yakunlandi.
15 ta mamlakatning mahoratli sportchilari qatnashgan nufuzli musobaqada yurtimiz sportchilari 3 ta oltin va 2 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.


Jumladan, Yaponiyada o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Shahboz Xolmirzayev yakkalik bahslarda, Yevgeniy Agafonov, Alisher Turdiyev, Shahzod Nurmatov, Sardor To‘lqinxo‘jayev hamda Mehroj Mamatqulov, Shahboz Xolmurzayev, Abdullo Muhammadiyev jamoalari oltin medallarga musharraf bo‘lishdi. Davrjon Davronov va Abdullo Muhammadiyev juftligi 2000 metrlik masofaga o‘tkazilgan poygada, Sheroz Hakimov, Sobir Safaraliyev, Shahzod Nurmatov, Dilshod Xudoyberdiyev va Luiza Islomovalar kumush va bronzani qo‘lga kiritishdi.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA