Orzusi yuksak murabbiya
Albina Nuriddinova Nukus olimpiya zaxiralari sport kollejida yoshlarga badiiy gimnastikadan saboq beradi. Qizlarni sportga qiziqtirish, ularning qalbida nafosat va matonat tuyg‘ularini kuchaytirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Shijoatli murabbiya yosh bo‘lsa-da, salmoqli natijalarga erishayotir. Uning mashg‘ulotlari samarasi shogirdlarining musobaqalardagi g‘alabasida aks etmoqda. Jumladan, 2013-yili o‘tkazilgan gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida kollej o‘quvchisi Zulxumor Seytniyozova muvaffaqiyatli ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tgan yili Qoraqalpog‘iston birinchiligida Nurgul Shokirova va Zulfiya Boymurodova sovrindorlar qatoridan joy oldi.
– Shogirdlarim orasida mahoratli yoshlar ko‘p, – deydi A.Nuriddinova. – Ular o‘z mahoratini xalqaro musobaqalarda namoyish etishini istayman. Buning uchun bizda barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud.