O‘quvchilarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi 52-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.
Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib deb topilgan maktab jamoalaridan jami 85 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Mazkur tanlov xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqan soha mutasaddilari ishtirokchilarga omad tilab, bunday tanlovlar ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
[gallery-29155]
Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktab jamoalari munosib taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA