O‘quvchilar ta’tilni mazmunli o‘tkazmoqda
Bolajonlar uchun eng sevimli maskan hisoblangan so‘lim go‘shalardagi oromgohlar ularning shodliklariga to‘la. Barcha bolajonlarning yozgi ta’tilda vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida umumta’lim maktablari qoshida ham sog‘lomlashtirish maydonchalari tashkil etilgan. U yerda ham bolalar vaqtini chog‘ o‘tkazmoqda.
Xususan, Qarshi shahridagi 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2022-2023 o‘quv yilining yozgi ta’tili davomida “Kamalak” sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkil etilgan. Ushbu sog‘lomlashtirish maydonchasiga 250 nafar o‘quvchi jalb etilgan. Yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida to‘garaklar tashkil etilgan.
[gallery-12807]
Masalan, “Yosh musavvirlar”, “Mohir qo‘llar”, “Bichish-tikish”, “Yosh kitobxonlar”, “Musiqa”, “Yosh dasturchilar”, “Shaxmat-shashka”, “Mini futbol”, “Futbol”, “Total English” to‘garaklari o‘quvchilar ixtiyorida.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/w-dXJ7wUIGg" title="Ўқувчилар таътилни мазмунли ўтказмоқда" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘lmas Barotov,
Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.