O‘quvchilar harbiy texnikalar bilan tanishdi
Avval xabar berganimizdek, Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Termiz garnizonidagi harbiy qismlardan biri tashkil etgan tadbir Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlarning 2023 yildagi faoliyati yakunlari va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.
Festivalda Angor tumani va Termiz shahrida viloyatdagi kuch tuzilmalariga biriktirilgan “og‘ir” toifadagi hamda probatsiya hisobida turuvchi yoshlar, Angor tumanidagi “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbir, ayniqsa, “Nurli maskan”da ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun taassurotlarga boy bo‘ldi. Mutaxassislar ko‘rgazmaga qo‘yilgan harbiy texnika va qurol-aslahalar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar harbiy vertolyot, samolyot, tank va boshqa texniklarni, turli qurol-aslahalarni ushlab ko‘rib, tasavvurlarini yanada boyitdi.
Shu kuni ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati o‘quvchilari uchun “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga ham sayohat uyushtirildi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/Pfng9Dx6ZxM" title="Oʻquvchilar harbiy texnikalar bilan tanishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri