O‘quvchilar harbiy hayotga sayohat qildi
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi harbiy qismda o‘quvchilar uchun “Harbiy hayotga sayohat” shiori ostida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
O‘quvchi-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda harbiy qism xizmatchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar, qurol-aslahalar, harbiy texnikalar namoyishi, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ta’kidlash joiz, bugungi kunda umumta’lim maktablari harbiy qismlarga biriktirilgan holda, barcha maktablarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik sinfi zarur o‘quv-harbiy aslahalar bilan jihozlanib, poligonlardagi jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari va taktik o‘quvlarida yoshlarning ishtiroki ta’minlanmoqda.
[gallery-439]
Viloyatda shuningdek, Mudofaa vazirligi tomonidan yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilgan. Mazkur tadbirlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va kasb-hunarga yo‘naltirish, musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga jalb etish, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
Hotam MAMADALIEV olgan suratlar, O‘zA