O‘qishni ko‘chirishda yangi qoidalar: Endi kimlar davlat OTMga o‘ta oladi?(+video)
Joriy yilning 11-iyun kuni Hukumatning 299-son qarori qabul qilinib, minglab talabalar kutayotgan masala — o‘qishni ko‘chirish tartibiga muhim o‘zgartirishlar kiritildi.
Endi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun o‘qishni davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishning yangi tartibi amal qiladi.
Xo‘sh, joriy yildan boshlab arizalar qayerga topshiriladi?
Kimlar qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi? Qaysi holatlarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin?
Xalqaro sertifikat egalariga qanday imtiyozlar beriladi?
QR-kod bilan himoyalangan natijalar nimani anglatadi? Va eng muhimi, yangi tartib minglab talabalar taqdiriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Ana shu savollarga javob olish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi Axborot xizmati rahbari — Orziqul Boboyevga murojaat qildik.
Batafsil:<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/arxcU7dJdts" title="O‘qishni ko‘chirishda yangi qoidalar: Endi kimlar davlat OTMga o‘ta oladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M. Eshmirzayeva, D. Yakubov, U. To‘xtayev, O‘zA