ONLAYN: Test natijalari qachon eʼlon qilinadi?
Test sinovlari natijalari bir kun muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Test sinovlari natijalari bir kun muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
21-avgustdan 31-avgustgacha appelyatsiyalar qabul qilinadi. Unda abituriyent ishtirok etishi shart.
Test sinovlari natijalariga koʻra taʼlim yoʻnalishlari kesimida talabalikka tavsiya etish boʻyicha tanlov natijalari test sinovlarining oxirgi kunidan boshlab bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatiga koʻra imtihon oʻtkazilgandan keyin 1-3 kun muddatda oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.