Onlayn-auksionlarning hafta natijalari
Joriy yilning 29 aprel – 3 may kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 21ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 39ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq vasud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 60ta obyekt sotildi.
Joriy yilning 29 aprel – 3 may kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 21ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 39ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq vasud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 60ta obyekt sotildi.
Davlat mulki obyektlari
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 21ta davlat mulki obyekti 8 mlrd 226,2 mln. soʻm investitsiya kiritish, 242ga yaqin yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan283mln. soʻmga sotildi. Bundan tashqari 8ta obyekt sotuvga chiqarildi.


Yer uchastkalariga boʻlgan huquq
Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 39ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq 9 mlrd. 896 mln. investitsiya kiritish va 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 335,56 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 34 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 60 ta obyekt 12 mlrd. 915,2 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 20ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Yagonaelektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!
“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi” DUK PRxizmati