Onasi tashlab ketgan jayron bolasi qutqarib qolindi
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Olmaliq kon metalurgiya kombinati AJ “Qizilqum fosforit kompleksi” ishchisi Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib Konimex tumani cho‘l hududidan o‘tuvchi yo‘l yoqasidan jayron bolasini topib olganligini aytadi. Konimex tumani ekologiya inspeksiyasining davlat inspektorlari murojaatchi bilan uchrashadi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘rganish davomida jayron bolasi 20 kunlik ekanligi va hech qanday jarohat olmaganligi, holsiz hamda og‘irligi 4 kilo atrofida ekanligi aniqlangan.
Navoiylik ekologlar tomonidan jayron bolasi yoshi kichikligi va rovojlanishi uchun 100 kun davomida sut bilan oziqlanishi inobatga olinib Buxoro Jayron ekomarkaziga topshirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA