Ona tilim – faxrim g‘ururim
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
Til – millat ruhi, me’rosi, madaniy va ma’naviy boyligi, davlat timsoli, xalq madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989 yilning 21 oktyabr kuni O‘zbekistonda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi.
2020 yil 10 aprelda “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1-moddasi bilan 21 oktyabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
[gallery-9222]
Bayram munosabati bilan Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlarida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilash yo‘lidagi qiyinchiliklar, til imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilayotgan sharoitlar, davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida so‘z bordi.
Maktab o‘quchilari tomonidan o‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar, o‘zbek milliy liboslari namoyishi, ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA