"Omonat"lar himoyasi kafolatlanadi (+video)
Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda atroflicha muhokama qilindi.
Qarab chiqilsa, hozirgi omonatlarni kafolatlash tizimi hamma tijorat banklarini qamrab olmagan. Masalan, Xalq banki omonatlarni kafolatlash tizimida o‘zi ishtirok etmaydi, bu bankka omonat qo‘ysangiz, omonat davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu moliya xizmatlari bozorida raqobatni pasaytirib yuboradi.
Bu qonun loyihasida shu muammolar hal qilinib, omonatlarni kafolatlash tizimini yaxshilash, shu jumladan bank tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash, uni ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish ko‘zda tutilmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra, kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi 200 mln so‘m miqdorida belgilanmoqda. Mazkur yuqori chegarani belgilashda omonatlarning amaldagi holati to‘liq tahlil qilingan bo‘lib, ushbu miqdor bugungi kunda mamlakatimizda 99,7 foiz omonatchilarning banklardagi mablag‘lari to‘liq kafolatlanishini ta’minlaydi.
Qonun loyihasini yana bir asosiy jihati omonatlarni kafolatlash tizimi nafaqat jismoniy shaxslarga, balki yuridik shaxslarga ham tatbiq qilinadi, bu esa tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga olib chiqadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/DHd6AHiSJV8?si=PeXIPOHodDaEMU0m" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (O‘zA)