Ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi “Mustaqillik Kubogi” turniriga qur’a tashlandi
Bugun O‘zbekiston Milliy axborot agentligi binosida O‘zA hamda O‘FA tomonidan o‘tkazilayotgan Ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi “Mustaqillik Kubogi” turniriga qur’a tashlandi.
Turnirda ishtirok etayotgan 22 ta jamoa jami 4 guruhga bo‘lindi. O‘yinlar 6, 7 va 8-may kunlari bo‘lib o‘tadi. G‘olib va sovrindorlar quyida ko‘rsatilgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


1-o‘rin: 25 million so‘m;
2-o‘rin: 15 million so‘m;
3-o‘rin: 10 million so‘m.
Suratda guruhlar va ilk 3 tur uchun jamoalarning taqvimi bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Barcha jamoalarga omad tilab qolamiz.
[gallery-29210]
O‘zA