Ombudsman va YeXHT o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kuchaytiriladi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Ombudsman instituti va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori o‘rtasida 2025 - 2026-yillarda mamlakatimizda YeXHT loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash, unda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar “yo‘l xaritasi” doirasida belgilangan tadbirlarni samarali tashkil etish, xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalar asosida amaliy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
N.Abduraimova,
O‘zA